Loading...

Biz haqimizda

O'zbekiston qadimiy shaharlari, qadimgi olimlari, mard o'g'lonlari, an'anaviy taomlari va mazali nonlari bilan dunyoda mashhurdir. Bundan tashqari, o'zbek meva va sabzavotlari ham O'zbekistonning ajoyib yorlig'i hisoblanadi. Ayniqsa, o‘zbek qovuni, tarvuzi, uzumi, anori, shaftoli, gilosining mazali va betakror ta'mi dunyo insonlarini hayratda qoldirib kelgan. Biroq, har bir inson ham haqiqiy o'zbek meva va sabzavotlarini tatib ko'rish imkoniyatiga ega emas. Chunki meva va sabzavotlarni boshqa davlatlarga yetkazish vaqtida mahsulot sifatiga salbiy ta'sir yetishi mumkin.

Ushbu vaziyatda BONAF™ tomonidan muzlatib-quritilgan (liofilizatsiya/sublimatsiya) mahsulotlar yechim bo'la oladi. Muzlatib-quritilgan meva va sabzavotlar, uzoq muddatgacha o'zining dastlabki ta'mi, shakli va sifatini saqlab qoladi. Kompaniyaning ushbu muzlatib-quritilgan mahsulotlari sizga yilning har qanday faslida o'zbek meva va sabzavotlarning o'ziga xos ta'mini tatib ko'rish imkoniyatini beradi.

Sublimatsiya jarayoni

Meva va sabzavotlarni sublimatsiya (liofilizatsiya) yo'li bilan quritish jarayoni ikkita asosiy bosqichdan iborat. Dastlab, avvaldan tayyorlab qo'yilgan mahsulotlar -40C dan past haroratda muzlatiladi va ular quritish kamerasiga joylashtiriladi. Quritish kamerasida havoning bosimi keskin darajada pasaytiriladi va issiqlik quritish uskunasining tokchalari orqali mahsulotlarga uzatiladi.

Shundan so'ng, mahsulot tarkibidagi muz ko'rinishidagi suv parga aylanadi. Butun jarayon mahsulotning turiga, hajmiga va miqdoriga qarab 24 soatdan 40 soatgacha davom etishi mumkin. Meva va sabzavotlar, sublimatsiya yo'li bilan quritilganda tarkibidagi deyarli 97-98% suvni yoqotadi.

Qo'llanilishi

Sut mahsulotlariga tabiiy to'ldiruvchilar

Muzlatib quritilgan mevalar sut mahsulotlariga (yogurt) tabiiy va hushbo'y ta'm qo'shadi.

Donli taomlarga qo'shimchalar

Muzlatib-quritilgan mevalar, ayniqsa qulupnay va malina donli taomlarga yoqimli va xushbo'y hid qo'shadi.

Choy

Muzlatib-quritilgan mevalar choyga tabiiy rang, xushbo'y hid va yoqimli ta'm beradi.

Taomlar

Muzlatib-quritilgan sabzavotlar turli xil sho'rvalarga va ovqatlarga qo'shilganda, tabiiy mahsulotlar kabi bir xil ta'mga ega bo'ladi. Liyofilizatsiyalangan sabzavotlarning bo'laklari va kukuni foydali va mazali taomlarni tayyorlashga imkon beradi.

Shokolad qoplangan meva

Mazali va ekologik toza muzlatib-quritilgan meva hamda yuqori sifatli shokolad unutilmas ta'm uyg'unligini yaratadi.

Yarim-tayyor mahsulotlarga qo'shimchalar

Muzlatib-quritilgan sabzavotlarning kichik bo'lakchalari yarim-tayyor mahsulotlarda tabiiy, foydali va vitaminlarga boy qo'shimcha sifatida qo'llanilishi mumkin. Muzlatib-quritilgan qilingan mahsulotlar yarim-tayyor mahsulotlarning yaroqlilik muddatiga ta'sir qilmaydi.

Mahsulotlar

Bonaf™ komaniyasi muzlatib quritilgan meva va sabzavotlarni haridorlarning talablaridan kelib chiqqan holda har xil korinishda taklif qilishi mumkin: kubik, parrak, uzunchoq to'gralgan va kukun ko'rinishida.

Muzlatib-quritilgan sabzi (sariq)

Muzlatib-quritilgan sabzi

Muzlatib-quritilgan qizil lavlagi

Muzlatib-quritilgan nok

Muzlatib-quritilgan olma

Muzlatib-quritilgan qovun

Aloqa

Telefon

+998 (99) 990 99 88

Elektron pochta

info.bonaf.uz@gmail.com

Manzil

O'zbekiston, Toshkent viloyati, Yuqori-Chirchiq tumani, KFY Surankent, A.Yassaviy

QAYTA ALOQA

Kontaktlaringizni qoldiring va biz siz bilan tez orada bog’lanamiz.